Sun’iy intellektni tartibga solish bo’yicha xalqaro sa’y-harakatlar kuchaytirilmoqda

Cover Image for Sun’iy intellektni tartibga solish bo’yicha xalqaro sa’y-harakatlar kuchaytirilmoqda

Dunyo mamlakatlari sun’iy intellekt texnologiyalarini qo’llash va ularni tartibga solish masalasi bo’yicha muhokamalar olib bormoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya bilan bir qatorda SI texnologiyalarining xavfsizligini ta’minlovchi bir nechta xalqaro qoidalar majmuasi qabul qilindi.

Yevropa Ittifoqi 27 mamlakatdan iborat blokda SIning xavf tug’diradigan tomonlarini bartaraf etish maqsadida sun’iy intellektga oid qonunni tasdiqladi.

Shuningdek, yirik kompaniyalarga qarshi sun’iy intellekt masalasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan monopoliyaga qarshi muammolar bo’yicha tergovlar ham boshlangan.

Xususan, AQSHda Prezident Bayden xavfsizlikka e’tibor qaratuvchi milliy sun’iy intellekt strategiyasini ishlab chiqish to’g’risidagi farmonni imzoladi.

“Fuqarolik jamiyati va xususiy sektor ekspertlari bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqilgan rezolyutsiya koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarning ustuvor yoʻnalishlariga toʻgʻridan-toʻgʻri mos keladi. Masalan, sunʼiy intellekt salohiyatini oshirishni ragʻbatlantirish va barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun texnologiyadan foydalanish mumkin” – deb, ta’kidladi AQShning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Ma’lumot o’rnida, rezolyutsiyada inson huquqlari va erkinligini himoya qilish hamda sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishni tartibga solish masalasi aniq qilib ko’rsatilgan.