Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim  mustaqil-izlanuvchilikka hujjat qabul qilish boshlandi

Cover Image for Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida 2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim  mustaqil-izlanuvchilikka hujjat qabul qilish boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 2-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 1-mayidan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklidir.

Ma’lumot uchun: hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Ta’kidlash joizki, mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.