Microsoft kompaniyasi “Phi-3” til modeli oilasini taqdim etdi

Cover Image for Microsoft kompaniyasi “Phi-3” til modeli oilasini taqdim etdi

Microsoft kompaniyasi tadqiqotchilari ochiq manbali kichik til modellarining “Phi-3” oilasini namoyish etdi.

Innovatsion o’qitish usuli orqali yaratilgan “Phi-3” modeli til, kodlash va matematik ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa modellardan ustunlik qiladi.

Dastlabki “Phi-3” modeli 3,8 mlrd parametrni o’z ichiga olgan bo’lsa, Phi-3 mini modeli “Azure AI modellar katalogi” , “Hugging Face” , “Ollama va NVIDIA NIM” mikroservislarida foydalanishga topshirilgan.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqot guruhi tez orada Phi-3-kichik (7B parametr) va Phi-3-medium (14B parametr) kabi qo’shimcha modellarni ishga tushirishni rejalashtirgan.