Maxfiylikni ta’minlaydigan kamera ishlab chiqildi

Cover Image for Maxfiylikni ta’minlaydigan kamera ishlab chiqildi

Barchamizga ma’lumki, robototexnika qurilmalari hayotimizning barcha jabhalarini egallab bormoqda.

Sidney universiteti tadqiqotchilari tomonidan vizual ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydigan robot kamera ishlab chiqildi.

Barmoq izi orqali ishlaydigan ushbu qurilmani yaratishdan asosiy maqsad, ma’lumotlarni buzib kirish va ularni tarqatish kabi salbiy holatlarning oldini olish hisoblanadi.

“Tasvirlar mazkur robot kamera orqali olinadi va uni boshqa inson buzib kirmoqchi bo’lsa, u o‘zining maxfiylik tizimini ishga tushirish imkoniyatiga ega” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Adam Taras.

Ma’lumot o’rnida, ushbu robot kameradan kasalxona, fabrika, maktab va aeroportlarning maxfiyligini ta’minlash maqsadida foydalanish mumkin.