Aqlli oyna yaratildi

Cover Image for Aqlli oyna yaratildi

Gonkong universiteti tadqiqotchilari tibbiy niqobdan ilhomlanib, aqlli oynani ishlab chiqdi.

“Ushbu aqlli oyna o’ziga xos dizaynga ega bo’lib, turli xil ob-havo sharoitiga moslashadi” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Edvin Tso Chi -Yan.

Xususan, innovatsion dizaynga ega aqilli oyna 3 qavatdan iborat bo’lib, pastki qatlami termokromik perovskit, o’rta qatlami perhidropolizilazan va yuqori qatlami esa, hidrofob SiO 2 dan tashkil topgan.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar kelajakda ushbu oynadan qurilish sohasida foydalanishni rejalashtirgan.