Parkent tumani Samsarak qishlog‘idagi Villayat platformasi doirasida Eko Majlis – umumiy rivojlanish maqsadiga ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Cover Image for Parkent tumani Samsarak qishlog‘idagi Villayat platformasi doirasida Eko Majlis – umumiy rivojlanish maqsadiga ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Parkent tumani Samsarak qishlog‘idagi Villayat platformasi tomonidan tashkil etilgan Eko Majlis – umumiy rivojlanish maqsadiga ega loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aziz Atabekov ham ishtrok etdi.

Villayat – bu yashil va ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ekotizimni yaratuvchi, mamlakat aholisi uchun minimal ekologik xavflarga qarshi innovatsion ijodiy mahsulotlarni yaratuvchi IT platforma hisoblanadi.

Tadbir doirasida Villayat eko qishlog‘i, Kolektiv startap akseleratori va Melnica venchur studiyasi loyihalari taqdimoti, shuningdek, iqlimshunoslar O‘zbekistondagi atrof-muhit holati to‘g‘risida ma’ruza qilishdi.

Tadbirda ishlab chiqarishdan kelib chiqadigan atrof-muhitga yetkazilgan zararni kamaytirish, startaplar va venchur investorlar tomonidan ochiq muzokaralar bo‘lib o‘tdi.