Zaryadlanuvchi hamda masofadan boshqariladigan foydali “kiborg” suvarak haqida eshitganmisiz?

Cover Image for Zaryadlanuvchi hamda masofadan boshqariladigan foydali “kiborg” suvarak haqida eshitganmisiz?

💡Yaponiyaning RIKEN kompaniyasi tadqiqotchilari quyosh batareyasi energiyasidan quvvatlanadigan foydali “kiborg” suvarakni yaratishdi. Tadqiqotchilar xavfli hududlarni tekshirish yoki atrof-muhitni kuzatish hamda nazorat qilish “kiborg” ya’ni qisman hasharotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi.

📌 Kenjiro Fukuda boshchiligidagi RIKEN CPR jamoasi uzunligi taxminan 6 sm bo’lgan Madagaskar suvarak bilan tajriba o’tkazdi. Ular simsiz oyoq, nazorat moduli va litiy-polimer akkumulyatorni ko‘krak qafasidagi hasharotning yuqori qismiga maxsus mo‘ljallangan ryukzakga biriktirib qo‘ydilar, ushbu model tarakan tanasiga o‘xshab yaratilgan. Ryukzak elastik polimer bilan 3D formatda chop etilgan va tarakanning egri yuzasiga moslashtirilgan. Olimlarning fikriga ko’ra, mazkur suvaraklar juda ko’plab sohalarda foydali hasharot vazifasini o’taydi.