Tadqiqotchilar smartfonlarga birinchi suv ostida xabar almashish ilovasini ishlab chiqdi

Cover Image for Tadqiqotchilar smartfonlarga birinchi suv ostida xabar almashish ilovasini ishlab chiqdi

Vashington universiteti tadqiqotchilari faqat dasturiy ta’minotdan foydalangan holda suv osti tarmoqlari uchun birinchi mobil ilova bo‘lgan AquaAppni ishlab chiqdi. Tadqiqotchilar mazkur ilovada smartfon va soatlar singari keng tarqalgan dinamik va mikrofon yordamida suv ostidagi xabar almashishning qulay imkoniyatlarini ko’rsatib berdi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, ilovani telefoniga yuklab olishdan tashqari, suvga sho’ng’ish chuqurligiga mos keladigan suv o’tkazmaydigan telefon qutisi kerak bo’ladi.

Ta’kidlashcha, ilovaning ishlashi 113 metrgacha bo‘lgan masofa va 12 metrgacha chuqurlikda sinovdan o’tkazilgan