Sun’iy intellekt tizimi aviatsiyadagi kechikishlarni hamda xavflarni aniqlaydi

Cover Image for Sun’iy intellekt tizimi aviatsiyadagi kechikishlarni hamda xavflarni aniqlaydi

Malardalen universiteti tadqiqotchilari havo harakatini boshqarishda foydalaniladigan sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi. Mazkur tizim havodagi harakatini boshqarish, operatorlar uchun transport oqimlarini optimallashtirish hamda samolyotlar o’rtasidagi to’qnashuv bo’lish holatini aniqlash va ularni oldini olish bo’yicha ko’rsatmalar beradi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, ushbu sun’iy intellekt 2D/3D xaritasidan foydalangan holda eng yaxshi variantni taqdim qiladi hamda uchuvchilarga samolyotlar orasidagi masofani saqlash bo’yicha ko’rsatmalar beradi. Ta’kidlanishicha, ushbu tizim operatorlar tushunishi oson boʻlgan buyruqlarga moslashtirilgan.