Sunʼiy intellekt tramvayda harakatlanuvchilarning xavfsizligini taʼminlamoqda

Cover Image for Sunʼiy intellekt tramvayda harakatlanuvchilarning xavfsizligini taʼminlamoqda

💡Sankt-Peterburgning “Gorelektrotrans” kompaniyasi sun’iy intellekt bilan jihozlangan “Bogatyr” tramvaylarini ishga tushiradi. Bu haqda “Business Peterburg” gazetasi xabar berdi.

📌📌Mazkur tramvay innovatsion faol xavfsizlik tizimi va haydovchiga yordamchi vositalar bilan jihozlangan. Xususan, tramvayga oʻrnatilgan sun’iy intellekt tizimi haydovchi holatini nazorat qiladi shuningdek, haydovchi uxlab qolgan taqdirda yoki xushini yo’qotsa, avtomatik tarzda tramvayni toʻxtatadi.

💻Yana bir muhim xususiyati shundaki, ushbu SI tizimi tramvay tezlik chegarasidan oshib ketishiga yo’l qo’ymasdan, xavfsiz tezlik chegarasiga rioya qilishni ham nazorat qiladi. Tizim har qanday ob-havo sharoitiga chidamli va xavfsiz.