Shanxay hamkorlik tashkilotining II-Iqtisodiy forumi doirasida “Raqamlashtirish davridagi savdo-iqtisodiy hamkorlik” mavzusida muhokamalar bo’lib o’tdi

Cover Image for Shanxay hamkorlik tashkilotining II-Iqtisodiy forumi doirasida “Raqamlashtirish davridagi savdo-iqtisodiy hamkorlik” mavzusida muhokamalar bo’lib o’tdi

✔️ Kuni kecha O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi doirasida Toshkent shahrida II-Iqtisodiy forumi bo’lib o’tdi. Mazkur forumda ShHTga a’zo davlatlarning iqtisodiyot va savdoni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilishga mas’ul vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, yirik davlat korporatsiyalari, savdo-sanoat palatalari rahbarlari, ekspertlar faol ishtrok etdi.

📌 Shu jumladan, ushbu forum bir necha panellarga ajratilib “Raqamlashtirish davridagi savdo-iqtisodiy hamkorlik” paneli qizg’in muhokamalarga boy bo’ldi. Xususan ushbu panelni Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aziz Atabekov moderatorlik qildi.

🖇 Uchrashuv doirasida ustuvor investitsiya loyihalari, xalqaro hamkorlikning o’ziga xos jihatlari, savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklash choralari, raqamlashtirish davrida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek ShHT makonida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga bag’ishlangan bir qator mavzularda muhokamalar bo’lib o’tdi.