O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi

Cover Image for O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyatining ma’lum qilishicha, joriy yilning mart oyidan boshlab O‘zbekistonda mobil internet tezligi oshiriladi va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi.

Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 3000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurish va ishga tushirish maqsad qilingan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda birinchi marta flagman smartfonlar, jumladan, iPhone egalari 5G texnologiyasidagi mobil internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Loyihaning birinchi bosqichida 5G tarmog‘i bilan Toshkent shahrini to‘laqonli qamrab olish, shuningdek, respublikamiz viloyat markazlari qisman qamrab olinishi ta’minlanadi.