Mobil telefon qurilmasi oziq-ovqatning sifat darajasini aniqlashi mumkin

Cover Image for Mobil telefon qurilmasi oziq-ovqatning sifat darajasini aniqlashi mumkin

🏢 Kvinslendning Tuvumba shahrida boʻlib oʻtgan 400M Agrifood innovatsion forumida GoMicro kompaniyasi oʻz taqdimotida SI tizmiga asoslangan Spotcheck qurilmasi oziq-ovqatning sifatliylik darajasi bo’yicha aniq ma’lumotlar taqdim qilganini isbotlab berdi.

📌📌Doktor Krishning fikricha, GoMicro kompaniyasining yuqori aniqlikdagi innovatsiyalari tasvir tizimi va sun’iy intellekt ilovasi orqali qishloq xo’jaligi tarmoqlarida katta mablag’larni tejash imkonini beradi.

⏩ Ma’lumotlarga qaraganda Spotcheck ilovasi mobil telefonga o’rnatiladi. Mobil telefonga ulanadigan 1 dollarlik qurilma 1 trillion dollarlik oziq-ovqat chiqindilari muammosini hal qilishda asosiy vositaga aylanishi mumkin. Shuningdek, meva va sabzavotlarning sifati haqida deyarli 86-99% aniq ma’lumotlarni shakllantiradi (https://techxplore.com/news/2022-07-mobile-device-food-spoilage.html).