Kiber jinoyatchilar ChatGPTdan qanday foydalanishi mumkin?

Cover Image for Kiber jinoyatchilar ChatGPTdan qanday foydalanishi mumkin?

Ma’lumotlarga ko’ra, kiber jinoyatchilar ChatGPT imkoniyatlaridan unumli foydalanib insonlarga moddiy hamda mafkuraviy hujumlarni amalga oshirmoqda deydi ” Techxplore.com” o’zining rasmiy sahifasida. Tadqiqotchilar bir qator o’tkazgan tahlillari natijasiga ko’ra ChatGPT xabarlarni fishing qilishdan tortib romantik tuzoqlar yaratishda shu jumladan, pul ishlash vositasi sifatida firibgarlik maqsadlarida foydalanilmoqda.

Better Business Bureau insonlarni ChatGPT tuzoqlaridan himoyalanishlari uchun quyidagi tavsiyalarni beradi:

Keraksiz xabarlardan ehtiyot bo’ling;

Kontakt ma’lumotlarini so’rash orqali suhbatdoshingizning shaxsini tasdiqlang;

Onlayn hisoblaringiz uchun ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalaning;

Kuchli parollarni yaratish va saqlash uchun parol menejeridan foydalaning;

Fayllarni yuklab olish yoki havolalarni bosishda ehtiyot bo’ling.