Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida talabalar NLP bo’yicha o’z bilimlarini oshirishdi

Cover Image for Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida talabalar NLP bo’yicha o’z bilimlarini oshirishdi

Bugungi kunda IT sohasida yoshlarning bilim-ko’nikmalarini yanada mustahkamlash hamda o’zaro tajriba oshirishlari uchun qulay sharoitni yaratib berish muhim dasturiy vazifalardan hisoblanadi. Xususan, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti qoshida bo’lajak IT mutaxassislari uchun tashkil qilingan amaliy mashg’ulotlar shular jumlasidandir.

Mazkur amaliyot soatlarida TATU, MGU, Inha, O’zMU hamda TTPU universitetidan 10 nafar talabalar faol ishtrok etdi. Institutning Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqarish departamenti malakali bosh mutaxassisi Adham Zohirov talabalarga NLP( tabiiy tilni qayta ishlash) tizimining STT (speech to text) bosqichi bo’yicha o’zaro tajriba oshirishlarida yaqindan ko’maklashib, kutilgan ijobiy natijaga erisha oldi. Amaliyot soatlari ikki bosqichda tashkil qilinib, birinchi bosqichda o’zbek tilidagi raqamlar bilan ishlash ya’ni ushbu bosqichda talabalar audio fayllarni qayta ishlash orqali raqamlarni matnga aylantirish xususida tajriba oshirdi. Shuningdek, ikkinchi bosqichda audio fayllardagi o’zbek tilidagi ayrim so’zlarni qayta ishlash orqali ularni matga aylantirish bo’yicha bilmga ega bo’lishdi. Bir oy davom etgan amaliy mashg’ulotlarda faol ishtrok etgan hamda ko’zlangan natijaga erishgan 4 nafar talaba institut rahbariyati tomonidan maxsus sertifikatga ega bo’lishdi. Ta’kidlab o’tish joizki, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti barcha IT sohasiga ixtisoslashgan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirib, kelguvsida IT sohasini o’rganish istagida bo’lgan yoshlarga amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilishni maqsad qilgan.