Yuz ifodasi orqali muloqot qiladigan robot yaratildi

Cover Image for Yuz ifodasi orqali muloqot qiladigan robot yaratildi

Kolumbiya universitetining tadqiqotchilari besh yildan ortiq vaqt davomida insonlarga mimika orqali javob beradigan robot ustida ishladi.

“Emo” deb, nomlangan ushbu robot insonlar bilan muloqot qilish davomida ularning yuz ifodalarini 840 millisekund oldin bashorat qilib, ularga yuz ifodasi orqali javob berish imkoniyatiga ega.

Sun’iy intellekt va robototexnika sohasidagi yetakchi tadqiqotchi Hod Lipos boshchiligidagi jamoa mazkur robotni yaratish davomida uning tabiiy yuz ifodasini loyihalashtirishga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur robotining ko’z qorachig’ida yuqori aniqlikdagi kamera, yuz ifodasini ta’minlaydigan 26 ta aktuator mavjud. Shuningdek, uning bosh miyasi yumshoq silikon teridan tashkil topgan .

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, hozirda tadqiqotchilar “Emo”ga “ChatGPT” kabi katta til modelini qo’shib, og’zaki muloqotni integratsiya qilish ustida ishlamoqda.