Uy ishlarida yordamlashadigan robotning imkoniyatlari kengaytirildi

Cover Image for Uy ishlarida yordamlashadigan robotning imkoniyatlari kengaytirildi

Endilikda robotlar insonlarning xati-harakatiga taqlid qilish orqali, ularga uy ishlarida yordam berishi mumkin.

Massachusets texnologiya instituti muhandislari uy ishlarida yordamlashadigan robotlarni katta til modellari bilan bog’laydigan usulni ishlab chiqdi.

Xususan, muhandislarning mazkur yondashuvi yordamida robotlar uy ishlarini mustaqil ravishda bajarib, insonlarning yordamisiz har qanday vaziyatga moslashadi.

Shuningdek, jamoa ushbu dasturlashtirilgan robotni sinovdan o’tkazdi. Tadqiqotchilar tomonidan robotga marmar toshchalarini birinchi piyoladan ikkinchisiga o’tkazish vazifasi yuklatildi. Sinov mashg’ulotlari davomida robot o’zining idroki yordamida qiyin topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajardi.

Ma’lumot o’rnida, tadqiqotchilar ushbu usulni yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.