“Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi” nomli tadbir bo’lib o’tdi

Cover Image for “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi” nomli tadbir bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag’ishlangan “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar buyuk sarkardaning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik, ilm-fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari, hayoti, ezgu amallar haqida bildirgan fikrlari, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlari mujassamlangan “Temur tuzuklari” asari xususida suhbatlashdi.

Shuningdek, tadbir yakunida mamlakatimiz tarixida Amir Temurning beqiyos o’rni alohida e’tirof etilib, uning nomini ulug’lash va abadiylashtirishga bag’ishlangan ishlar muhokama qilindi.