Robotlarning tezkorligini oshiradigan tizim yaratildi

Cover Image for Robotlarning tezkorligini oshiradigan tizim yaratildi

Vaterloo universiteti tadqiqotchilari tomonidan savol-javob vaqtida robotlarning tezkorlik qobiliyatini oshiradigan tizim yaratildi.

Tadqiqot guruhi ikkita mikrofon yordamida robotga eshitish tizimini o’rnatdi. Shuningdek, ushbu tizim inson va robotlar o’rtasidagi suhbatni yanada aniqroq kechishiga yordam beradi.

Xususan, tadqiqotchilar mazkur tizimni turli xil ovozli sharoitda sinovdan o’tkazdi. Natijada, robot mashg’ulotlardan muvaffaqiyatli o’tdi.

Ma’lumot o’rnida, “Ushbu tizimni yaratishdan asosiy maqsad, robot va inson o’rtasidagi muloqotning davomiyligini ta’minlashdan iborat” deb, ta’kidladi tadqiqot guruhi a’zosi Even Makdonald.