Respublikamiz bo‘ylab 2024-yil 15-martdan 15-aprelga qadar oʻtkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida mazkur oylik bo’yicha tushuntirish ishlari

Cover Image for Respublikamiz bo‘ylab 2024-yil 15-martdan 15-aprelga qadar oʻtkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida mazkur oylik bo’yicha tushuntirish ishlari

YONG‘IN SODIR BO‘LGANDA XAVFSIZLIK QOIDALARI VA ASOSIY TAVSIYALAR:

• 101 — o‘t o‘chiruvchilarga xabar bering;

•   Og‘iz va burunni mato bilan yoping, imkoni bo‘lsa nam mato bilan;

•   Yong‘indan uzoqlashing;

•   Oynani ochib, oshiqcha kislorodning xonaga kirishiga yo‘l qo‘ymang, aks holda portlash sodir bo‘lishi mumkin;

•   Yonuvchan suyuqliklarni shuningdek, elektr energiyasiga ulangan yonib turgan elektrjihozlarni suv bilan o‘chirmang;

•   Agar yong‘in katta bo‘lmasa, uni istalgan mavjud vositalar yordamida o‘chirishga harakat qiling: o‘t o‘chirgich, istalgan zich mato, qum, suv va boshqalar;

•   Elektr simlari bilan bog‘liq yong‘in chiqsa, maxsus shitdan ta’minotni uzing;

•   Chiqib ketish imkoni bo‘lsa, yong‘in maydonini tark eting;

•   Agar xonadan zinapoya orqali chiqish imkoni bo‘lmasa, xona tutun bilan to‘lmasligi uchun eshikni ichkaridan nam mato bilan yoping;

•   Yong‘in shamol sabab alanga olmasligi uchun eshik va derazalarni o‘t o‘chiruvchilar kelguncha yopish lozim.

ZILZILA PAYTIDA AMAL QILISH KERAK BO‘LGAN XAVFSIZLIK QOIDALARI:

•  Har qanday binoning oynaband devorlaridan uzoqroqda, asosiy devori yonida turishga harakat qiling. Oyna to‘siqlardan ehtiyot bo‘ling;

•  Ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar, zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak;

•  Agar xonaning ichida qolsangiz, oldindan belgilab olingan xavfsiz joyga turib oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblari, oyna siniqlari tushadigan bo‘lsa, stol tagiga berkining;

•  Ikkinchi qavatdan yuqorida bo‘lsangiz, hech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab yugurmang, chunki ko‘p hollarda yer qimirlash davrida ushbu qurilmalar birinchi navbatda qulaydi. Bunday hollarda uyning eshigini ochib, uning o‘rniga turing. Eshik kesakisi qotib qolsa, xavotir olmang, bu hol imorat devorlarining og‘ishidan bo‘ladi;

•  Sakrashga majbur bo‘lgan hollarda zinhor yopiq deraza oynasiga qarab sakramang, dastavval oynani yelkangiz bilan sindirib, keyin sakrang.

Xavfsizlik qoidalariga amal qilishni unutmang!