Oyda harakatlanadigan robot yaratildi

Cover Image for Oyda harakatlanadigan robot yaratildi

Janubiy Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari tomonidan oyda harakatlana oladigan robot yaratildi.

“Spirit ” deb, nomlangan ushbu to’rt oyoqli robot tepalik hamda sirpanchiq yo’llarda harakatlana olish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, tadqiqotchilar ushbu robotni qidiruv jarayoni hamda turli xil sharoitda sinovdan o’tkazdi. Natijada, u sinov mashg’ulotlaridan muvaffaqiyatli o’tdi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar keyinchalik mazkur robotni Hood tog’ida sinovdan o’tkazishni maqsad qilgan.