Ovozni klonlash vositasi yaratildi

Cover Image for Ovozni klonlash vositasi yaratildi

“OpenAI” kompaniyasi tadqiqotchilari tomonidan ovozni klonlash vositasi yaratildi.

“Voice Engine” deb, nomlangan ushbu dastur 15 soniya ichida ovozni klonlash imkoniyatiga ega.

Ushbu dastur yordamida foydalanuvchi asl ovozni saqlagan holda turli tillarda muloqot qilishi mumkin. Shuningdek, dastur tarjima jarayonida foydalanuvchining ovoz tonini saqlab qoladi.

Ma’lumot o’rnida, “Voice Engine”ning foydalanishga chiqarilish sanasi haqidagi ma’lumotlar ochiqlanmagan.