Modulli robot yaratildi

Cover Image for Modulli robot yaratildi

Chikago universiteti tadqiqotchilari tomonidan modulli robot yaratildi.

“Donador” deb, nomlangan ushbu robot ikki xil ko’rinishga ega bo’lib, u turli funksiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan.

Mazkur robot silindr o’qi atrofida aylanadigan ikkita magnit bilan jihozlangan. Shuningdek, u batareya yordamida ishlaydi hamda turli xil sharoitlarda erkin harakatlana olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, ushbu robotning o’ziga xos xususiyati sababli, tadqiqotchilar uni atrof-muhitni nazorat qilish hamda ekologiya sohasida qo’llashni maqsad qilgan.