Mashhur sun’iy intellektlarning IQ darajasi tekshirildi

Cover Image for Mashhur sun’iy intellektlarning IQ darajasi tekshirildi

Jurnalist tomonidan dunyoga mashhur sun’iy intellektlarning IQ darajasi tekshirildi. Unga ko’ra “ChatGPT-4” 85 ball, “Copilot” 79 ball hamda “OpenAI” kompaniyasining sobiq xodimlari tomonidan yaratilgan “Claude-3” esa 101 ball to’pladi.

Jurnalistning fikriga ko’ra, sun’iy intellekt yaqin yillar ichida ushbu natijani 140 balldan oshirishi va bu insonlar hayotiga tubdan o’zgartirish kiritishi mumkin.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, insonning o’rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi.