Katta til modellarining natijasini tekshirish uchun mo’ljallangan yangi tizim ishlab chiqildi

Cover Image for Katta til modellarining natijasini tekshirish uchun mo’ljallangan yangi tizim ishlab chiqildi

“Google” kompaniyasining sun’iy intellekt tadqiqotchilari tomonidan “ChatGPT” kabi katta til modellari (LLM)ning natijasini tekshirish uchun mo’ljallangan yangi sun’iy intellekt tizimi ishlab chiqildi.

“SAFE” deb, nomlangan mazkur tizim katta til modellari tomonidan berilgan javoblar natijasini tekshiradi va noaniqliklarni avtomatik ravishda aniqlaydi.

Xususan, tadqiqot guruhi tizimni sinovdan o’tkazish jarayonida taxminan 16 000 faktni tekshirish uchun foydalangan. Natijada esa, “SAFE” faktlar 72% mos kelganligini aniqladi.

Ma’lumot o’rnida, “DeepMInd” jamoasi “SAFE” kodini “GitHub” saytiga joylashtirib, uning imkoniyatlaridan foydalanishni taklif etmoqda.