Ikki qo’lli yordamchi robot yaratildi

Cover Image for Ikki qo’lli yordamchi robot yaratildi

York universitetining robototexnika tadqiqot guruhi tomonidan ikki qo’lli yordamchi robot yaratildi.

Mazkur robot keksa hamda nogironligi bo’lgan insonlarning kiyimlarini kiyishga yordam berish uchun mo’ljallangan. Shuningdek, robotga sun’iy intellekt orqali insonning harakatlarini kuzatish, o’rganish va taqlid qilish imkoniyatiga ega model o’rnatilgan.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, hozirda tadqiqotchilar robotni yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.