Ikki oyoqli robotlarning imkoniyatini kengaytiradigan yangi tizim ishlab chiqildi

Cover Image for Ikki oyoqli robotlarning imkoniyatini kengaytiradigan yangi tizim ishlab chiqildi

Guangdong texnologiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan ikki oyoqli robotning oʻz holatini baholash va atrof-muhitni xaritalash qobiliyatini oshirish uchun yangi tizim ishlab chiqildi.

“SLAM” algoritmiga asoslangan ushbu tizim bir vaqtning o’zida lokalizatsiya va xaritalash imkoniyatiga ega.

Xususan, ushbu tizimni yaratishdan asosiy maqsad ikki oyoqli robotlarning balandlikka ko’tarilish imkoniyatini oshirish hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, tadqiqot guruhi keyinchalik robotlarda qutb obyektlarini sezish uchun bir nechta “LiDAR”lardan foydalanishni rejalashtirgan.