Endilikda SI muloqot jarayonida insonlarga psixologik yordam berishi mumkin

Cover Image for Endilikda SI muloqot jarayonida insonlarga psixologik yordam berishi mumkin

Tabiiy tilni qayta ishlash va katta til modellarining rivojlanishi insonlar bilan muloqot qiladigan maxsus suhbat agentlarining ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirdi.

Xefey Texnologiya Universiteti va Xefey Kompleks Milliy Ilmiy Markazi tadqiqotchilari tomonidan professional bo’lmagan, ammo foydali psixologik yordam ko’rsatishi mumkin bo’lgan sun’iy intellektga asoslangan platforma ishlab chiqildi.

“EmoAda” deb, nomlangan ushbu platforma foydalanuvchilarning his-tuyg’ularini turli sensorli ma’lumotlar jumladan, ovoz, yuz tasviri va matn tahlili orqali aniqlaydi. Shuningdek, ushbu tahlillar asosida tizim hissiy yordam dialogini ishlab chiqaradi va uni matn yoxud raqamli avatar yordamida namoyish qiladi.

Mazkur platformani yaratishdan asosiy maqsad foydalanuvchilarning turli xil ma’lumotlarga asoslangan his-tuyg’ularini idrok eta oladigan, tushunarli javob beradigan va iqtisodiy jihatdan samarali psixologik yordam tizimini yaratish hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar ushbu sun’iy intellektga asoslangan tizim yordamida psixologik yordam ko’rsatish shuningdek, imkoniyati cheklangan hamda ruhiy kasallikka duchor bo’lgan insonlarga xizmat ko’rsatishni maqsad qilgan.