Chigirtkasimon robot yaratildi

Cover Image for Chigirtkasimon robot yaratildi

Kiel universiteti tadqiqotchilari tomonidan suv yuzasida sakray oladigan chigirtkasimon robot yaratildi.

Biolog, materialshunos va bionika bo’yicha mutaxassis, professor Stanislav Gorb bugungi kunga qadar suv yuzasida sakray oladigan hamda turi xil sharoitlarda harakatlanadigan chigirtkasimon robot yaratilmaganini ta’kidladi.

Shuningdek, tadqiqot guruhi tana uzunligi 2,2 dan 3,4 santimetrgacha va og’irligi 0,4 dan 1,0 grammgacha bo’lgan 15 ta chigirtkasimon robotni sinovdan o’tkazdi. Natijada ular suv yuzasidan sakrab chiqishga muvaffaq bo’ldi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, Gorb va uning tadqiqot guruhi kelajakda ushbu robotni yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.