“ANYmal” robotining imkoniyatlari kengaytirildi

Cover Image for “ANYmal” robotining imkoniyatlari kengaytirildi

ETH Tsyurix tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan “ANYmal” nomli robotning imkoniyatlari kengaytirildi.

Ushbu robotga yangi ko’nikmalarni o’rgatish uchun mexanik va texnologik muhandislik kafedrasi ETH professori Marko Xutter boshchiligidagi guruh tomonidan turli yondashuvlar amalga oshirildi.

Xususan, ETH doktoranti Nikita Rudin ushbu robotning imkoniyatlarini yanada kengaytirishga kirishdi. Natijada, “ANYmal” to’siqlarni o’lchash hamda balandlikdan sakrash imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu jarayonda mazkur robot o’zining kamerasi va sun’iy neyron tarmog’idan foydalanib, oldindagi to’siqni aniqlaydi.

Ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar ushbu robotdan qurilish maydonchalari hamda halokat sodir bo’lgan hududlarda qidiruv jarayonida foydalanishni maqsad qilgan.