Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlarining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi

Cover Image for Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbarlarining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi

Majlisda joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasiga tashrif bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor topshiriqlar yuzasidan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, AKT vaziri mamlakatimizni IT-markazga aylantirish uchun, eng avvalo, telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantirish va takomillashtirish kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish, ularga yuqori haq to‘lash orqali IT-kasblarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligi aytib o’tdi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 26-iyuldagi Farmonida joriy etilgan rahbar va xodimlarning masʼuliyatini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi (https://mitc.uz/uz/news/view/4056).